Kitob - xazina

Kitob - ma’naviy xazina. Har bir inson hayoti davomida bir qan­cha kitoblar mutolaa qilishga ulguradi.
Ulardan zavqlanadi, ular bilan birga yashaydi. Bolajonlari­mizni kichkintoyligidanoq kitob­ga muhabbat ruhida tarbiyalash uchun ularning yoshi va qiziqi­shiga monand kitoblar olib bersak maq­sadga muvofiq bo‘ladi. Ayniqsa, bolalarning 4 - 5 yoshida hayo­tining eng qiziquv­chan davri boshlanadi. Ana shu davrda ularga har jabhada tarbiya­viy ibrat bera oladigan rasmli ertak kitob­lar taqdim etish joiz. Ko‘pincha kuzatamiz, bolalar devorga rasm chizishga qiziqadilar, yoki qandaydir grafiklar bilan mashg‘ul bo‘ladilar. Ana shu davrda ular­dagi ishtiyoqni so‘ndirib, qattiq gapiramiz. Shu bilan ularning kasbga bo‘lgan qiziqishlariga aks ta’sir ko‘rsatamiz. Aslida esa, ular bilan birga o‘ynab, qiziqishlariga hamohang kasbga yo‘naltiruvchi turli ensiklopediyalar sovg‘a qilsak maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Agar siz hali farzandingizga kitob xarid qilib bermagan bo‘lsangiz, hoziroq shoshiling. Siz unga xazina sovg‘a qiling. Zero, kitob xazinadir.

Ra’noxon MURADOVA,
Namangan shahridagi 11-umumta’lim maktabining ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi