RUFATBEKNING QUVONCHI

Mustaqillik shodiyonalari elu-­yurtimiz qatori Pop tumanidagi 23-umumta’lim maktabining 2-sinf o’quvchisi Rufatbek Holdorboyev uchun unutilmas quvonchni hadya etdi. Alohida ehtiyojga ega bo’lgan kichkintoyning qiziqishlari bir olam. Shahmat o’ynaydi, multfilm qahramonlari tasvirini qog’ozda aks­lantiradi. She’rlar yodlaydi. Ta’lim maskanidagi ustozi Mashrabxon Rahmonova har kuni Rufatbekka dars mashg’ulotlarini o’tish uchun uyga keladi. Har kuni ustozini ko’rishi bilan nabiram quvonchdan sakraydi, - deydi Rufatbekning buvisi Xolisxon aya.
Bayram arafasida g’amxo’rlik sifatida Rufatbekka O’zbekiston yoshlar ittifoqi, Pop tumani Kengashi, “Kamalak” bolalar tashkiloti tomonidan kompyuter jamlanmasi taqdim etildi. Endi kichkintoyimiz dars mashg’ulotlarini videoli tasvirlar orqali yana osonroq va qiziqarli­roq o’zlashtiradi.

Maftuna REJABBOYEVA