O‘rdak nega suvda ivimaydi

O`rdaklar g‘ozsimonlar turkumining kichik oilasi hisoblanib, O‘zbekiston sharoitida o‘rdaklarning yovvoyi o‘rdak, churrak, qo‘ng‘ir, haydar kokil, olaqanot suqsur, mandarinka va qizil bosh kabi 40 dan ortiq turi uchraydi. Ular tuxum qo‘yib ko‘payadi va mayda baliqlar, hashoratlar bilan oziqlanadi.
O‘rdaklar yemish dardida ko‘p vaqtini suvda o‘tkazadi. U mayda baliqlar, suv hasharotlari, mollyuskalar va chuvalchanglar, o‘simlik ildizlari va urug‘lari bilan ham oziqlanadi.
Shunday yashash tarziga qaramasdan o‘rdaklar pati hech vaqt suvga bo‘kib qolmaydi. Chunki uning patlari dumi ostida joylashgan maxsus bezlar ajratib chiqaradigan yog‘ bilan moylanib turadi. O‘rdaklarning o‘z qanotlarini tumshug‘i bilan tez-tez “tozalab” turganini ko‘rganmiz. U shu yo‘l bilan patlariga yog‘ suradi.

Malika DAVRANOVA,
Namangan viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi ilmiy xodimi