“KAMALAK” – ORZULARIMGA QANOT

Maktabda endigina 1-sinf bo‘lsam-da, har bir dars, har bir ustozim men uchun allaqachon qadrli bo‘lib qoldi. Sinfdosh dugonalarim bilan birinchi qo‘ng‘iroq kuniyoq yaqindan tanishdik. Endi har kuni biz uchun sevimli Alif­be kitobini o‘rganyapmiz. Aslida, barcha harflarni 5 yoshimdayoq mukammal o‘rganib olganman. Shuning uchun ertak hamda hikoyalarni maroq bilan mutolaa qilyapman. Yaqindagina maktabimizda “Kamalak” bolalar tashkilotiga a’zolik tadbiri tantanali o‘tkazildi. Joriy o‘quv yilida jami 50200 nafar men kabi o‘g‘il-qizlarni jamlagan “Kamalak”da men ham borman. Bundan juda-juda quvondim. Chunki u bilan barcha orzularimga erishaman. She’r yozish, rasm chizish, o‘yinchoqlar to‘qish, til o‘rga­nish kabi mashg‘ulotlardan bo‘sh vaqtlarimdagi iqtidorimni yanada ko‘proq yuzaga chiqarishda “Kamalak”ka suya­naman. Ham a’lo baholarga o‘qish, ham barcha tadbirlarda faol ishtirok etish, ham katta yutuqlarga eri­shish endi mening kundalik hayotim, shio­rimga aylandi.

Shukrona HUDOYBERDIYEVA,
Norin tumanidagi 40-umumta’lim maktabining 1-sinf o‘quvchisi