AXSIKENT – TARIX KO‘ZGUSI

Axsikent me’moriy yodgorligi haqida dastlab tarix kitoblaridagina o‘qigan bo‘lsak, yaqinda mazkur tarixiy majmuaga sayohat uyushtirdik. To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 33-, 29-, 20-umumta’lim maktabidan eng faol o‘quvchilar hamda tengdosh do‘stlari­miz bilan tashkil etilgan sayohatimiz ko‘ngilochar tadbirlarga ulanib ketdi. Dastlab, suv yo‘llari hamda Axsikent tarixiga oid tarixiy manbalar bilan tanishdik. Ustozlarimiz­ning ta’kidlashicha, Axsikent 2 ming yildan ortiq vaqt davomida Farg‘ona vodiysi­ning eng birinchi poytaxti sifatida nom qozongan ekan.
Hozirda mazkur tarixiy majmuani aylanish uchun alohida qum maydonlari ajrati­lib, tuyalar keltirilgan. Shu bilan birga daryo ekskursiyasi ham rejalashtirilayotgan ekan.
Kelgusida Axsikentimiz ham Buxoro, Samarqand, Xiva kabi o‘ziga xos tarixiy maskanga aylanishiga ishonamiz.

Hilola IBODULLAYEVA,
To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 36-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi