Nega o‘rgimchak to‘r to‘qiydi?

Qadimgi o‘rgimchaklar katta ko‘rinishda bo‘lgan. Ular to‘rlariga qushlarni ilintirishgan va ular bilan oziqlanishgan. Qushxo‘r o‘rgimchaklar, asosan, tropik o‘lkalarda tarqalgan bo‘lib, 1500 ga yaqin yirik turlardan iborat bo‘lgan. O‘rgimchaklarni dunyoda 27000 dan ortiq turlari mavjud bo‘lgani holda, O‘zbekistonda bir necha yuz turi uchraydi.
Savol tug‘iladi: nega o‘rgimchak to‘r to‘qiydi? O‘rgimchak to‘r to‘qishi jihatidan sirli va g‘aroyib. Unga pashsha, qurt-qumursqa va boshqa mayda hasharotlar tushib qoladi. O‘rgimchak to‘ri mustahkam va yelimli bo‘lgani uchun, ilingan hasharotlar chiqib ketolmaydi va ular uchun ozuqa tayyor hisoblanadi. Ayrim tropik o‘rgimchaklar to‘riga hatto qushlar ham ilinib qoladi. Faol hayot kechiradigan o‘rgimchaklar to‘r to‘qimaydilar, inda yashaydilar. O‘rgimchaklar zararkunanda va parazit hasharotlar, umurtqasizlar bilan oziqlanishi tufayli foydali hisoblanadi.

Go‘zal VALIYEVA,
Namangan viloyati tarixi va madaniyati muzeyi ilmiy xodimi