Ma’rifat bo‘stoni

Barchamiz ilm maskaniga birinchi marta qadam qo‘ygan kunimiz-u, kichkina qo‘llarimizdan ushlab, harf tanitgan ustozimizni bir umr yodi­mizda saqlaymiz. Qaynoq mehri, samimiy chehrasi hamisha bizni ular tomon eltadi. O‘zimiz o‘qigan maktabimiz hovlisi oldidan o‘tayotganimizda ko‘z oldimizda sho‘x-shodon bolaligimiz hamda bor muhabbati bilan bizlarga saboq bergan qadrdon ustozlarimiz gavdalanadi. Ulg‘ayib, tengdoshlarimizning hammasi har tarafda o‘qishda, ishda yurganimizda o‘sha beg‘ubor damlar sog‘inchi qalbimizni allanechuk o‘rtaydi.
Ustoz va murabbiylarni e’zoz­lash, ularning holidan xabar olish bugun barchamizning burchimizdir. Kuni kecha Uchqo‘rg‘on tumanida “Ustozlar bog‘i” tashkil etilib, tumanda uzoq yillar ta’lim sohasida faoliyat ko‘rsatgan murabbiylar taklif etildi. Shuningdek, umumta’lim maktab­laridan kelgan 100 dan ortiq o‘quvchi-yoshlar ishtirokida badiiy ­chiqishlar namoyish etildi. Faxriy ustozlar ishtirokida bog‘ga 50 dan ortiq mevali ko‘chatlar o‘tqazildi. Nafaqadagi jonkuyar ustozlarning mehnat tajribalari xususida iliq fikrlar almashildi.

Furqatbek JO‘RAYEV,
Uchqo‘rg‘on tumanidagi 1-umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi