YOSHLIK VA FAOLLIK ZAVQI

O‘zim qadimdan madaniyatimizga beshik bo‘lib kelayotgan do‘ppisi-yu pichoqlari bilan chet elliklarni lol qoldirayotgan ko‘hna Chust tumanidagi 66-umumta’lim maktabining 8-sinfida tahsil olaman. Biroq Namanganimiz bo‘ylab umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilar, tengdoshlarimiz, uka-singillarimiz bilan uchra­shish, suhbatlashish, munozaralar olib borish, yangi iqtidorlarni kashf etish uchun har kuni markazimizga intilaman. Hozirda viloyat “Kamalak” sardori sifatida viloyatimzning iqtidorli yoshlari bilan birgalikda juda ko‘p loyihalar o‘tkazmoqdamiz. Xususan, “Ko‘chuvchi kutubxona”, “Yozni kamalak bilan”, “Zukko kitobxon”, “Men ham sardor bo‘laman”, “Men kama­lak a’zosiman” kabi yigirmadan ortiq bir-biridan qiziqarli loyiha va tadbirlar o‘tkaz­dik. Hozirda “Kamalak” tarkibida 337254 nafardan ziyod og‘il-qizlar o‘z iqtidorlarini namoyish etmoqdalar. Mazkur tashkilot bizlarga ham faollik hamda yoshlik zavqini ulashmoqda. Tengdoshlarimiz bilan respublikamizning deyarli barcha viloyatlarida bo‘ldik. Ham ichki turizm ham do‘stlik munosabatlari biz­larni birlashtirdi.

Mastura NABIXONOVA,
Chust tumanidagi 66-umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi