MUHLISANING MUVAFFAQIYATI

O‘quvchi-yoshlarning ma’naviy salohiyatini oshirish, ularning tafakkurini yuksaltirish, yoshlar ongida yot g‘oyalar ta’siriga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirish maqsadida har yili tashkil etiladigan “Jaholatga qarshi ma’rifat” respublika ko‘rik-tanlovining mamlakat bosqichi o‘tkazildi. Unda yurtimizning barcha hududlaridan iqtidorli, iste’dodli, ijodkor o‘g‘il-qizlar qatnashdilar. Rasm, insho hamda she’r yozish kabi qiziqarli va ijodiy shartlarni o‘z ichiga qamrab olgan tanlov yakuniga ko‘ra viloyatimiz sha’nini himoya qilgan Kosonsoy tumanidagi 52-davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi Muxlisa Hamidullayeva insho yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Mardonbek ESONBOYEV