TIL BILGAN - EL BILADI

Azaldan ajdodlarimiz til o‘rganish hamda bilim olishga alohida e’tibor qaratganlar. Ularning bizlarga qoldirgan ma’naviy me’roslari bugun yetuk farzandlar bo‘lib kamol topishimizda o‘ziga xos ahamiyat kasb etmoqda.
Ilm maskanimizda o‘tkazilgan “Til bilgan - el biladi” shiori ostidagi viloyat seminari aynan chet tillari, xususan, ingliz tilini o‘rganishga qaratilgan alohida e’tibor namunasi bo‘ldi. Ta’lim dargohimizdagi 9-“A”, 4-“A”, 5-“A”, 6-“V”, 9-“A”, 4-“J”, 10-“A” sinflarda tashkil etil­gan bir-biridan qiziqarli ko‘rgazmali, ochiq darslarda tengdoshlarimiz, uka-singillarimiz faol ishtirok etdilar. Qiziqarli o‘yinli mashg‘ulotlar davomida ingliz tilining muhimligini yana bir bor tushunib yetdik. Ayniqsa, dunyoga chiqish va xorijiy o‘lkalarda tahsil olishda ingliz tilini puxta bilish muhim o‘rin tutadi. Seminar davomida ustozlarimiz shular xususida tushunchalar berdilar. Qolaversa, yangidan-yangi bilimlarga ega bo‘ldik.

Saidolim ANVAROV,
Namangan shahridagi 34-umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi