Ma’naviyat kechasi

Ilm maskanimiz bir-biridan iqtidorli va iste’dodli og‘il-qizlarni o‘z bag‘riga olgan. Biri kitobxon, biri hikoyanavis yana biri she’r yozishga ishtiyoqmand. Har bir tadbir ularga katta ma’naviy ozuqa beradi. Kuni kecha o‘tkazilgan ma’naviyat kechasi ham o‘quvchilar uchun unutilmas bo‘ldi. O‘zbek adabiyotining nodir namunalari bo‘lgan “O‘tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon”, “Ufq”, “Chinor” hamda jahon adabiyotining “Robinzon kruzoning sarguzashtlari”, “If qa’lasining maxbusi”, “Nur va soyalar”, “Donishmand Roja” kabi asarlarini o‘g‘il-qizlar bilan birgalikda tahlil etdik. Mazkur asarlar yuzasidan savol-javoblar o‘tkazildi. Yangi bilimlar manbaiga aylangan tadbir namanganlik bolalar shoirasi To‘xtaxon Rahimova ishtirokidagi uchrashuv bilan yanada qizg‘in tus oldi. O‘quvchilar ijodkorning “Salomsiz uyga kirma”, “Qo‘lingni yuvmay ovqat yema” nomli kichik hikoyalarini sahna ko‘rinishlari orqali jonli ifodalab berdilar. Shuningdek, maskanning talabchan ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari Nasriddin Isaqov, Dilshoda Toshpo‘latova, Manzura Qosimova, Klara Kalonovalarning tashabbusi bilan ta’lim dargohidagi iste’dod egalari o‘z chiqishlarini namoyish etdilar. Baxru-bayt musobaqalari tashkil etildi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

Nasiba ERGASHEVA,
Namangan shahridagi 64-umumta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi