“QALDIRG‘OCH” – ORZUIM QUSHI

Ona tabiat har birimizga o‘ziga xos va takrorlanmas iqtidor beradi. Uni yuzaga chiqarish esa izlanish va harakatni talab etadi. Bolaligim adabiyot va she’riyatga ishtiyoq bilan boshlangan. Boisi har kuni buvijonim bir-biridan qiziqarli ertaklar va hikoyalar o‘qib berardilar. G‘ovaning so‘lim manzillari menga ilhom berib, she’rlar mashq qila boshladim. Maktabda esa matematika hamda kimyo fanlarini alohida qiziqish bilan o‘zlashtiraman. Darsdan bo‘sh paytlarim ta’lim maskanimizning futbol jamoasi bilan futbol o‘ynaymiz. Sevimli multqahramonlarimning rasmlarini chizish ham mening jon-u dilim. Adabiyot va she’riyatdagi ustozim Dilnoza Husanova bilan birgalikda mumtoz adabiyot mutolaasiga ham vaqt ajratamiz. Unda Bobur, Navoiy, Mashrab, Ogahiy, Sadriddin Ayniy singari daholarimizning ma’naviy me’roslarini o‘zlashtirib boryapman. Oilamiz, ona Vatan, tabiat va do‘stlik mavzularini jamlagan “Qaldirg‘och”ni ustozlarim, tengdoshlarim, uka-singillarimga tuhfa etaman.

Bekzod NAZAROV,
Chust tumanidagi 59-umumta’lim maktabining 7-sinf o‘quvchisi