O‘ZBEKISTON – UMUMIY UYIMIZ

Ona diyorimizda 130 dan ziyod millat va elat vakillari ahil-inoqlikda, do‘stona va farovon hayot kechirmoqdalar. Ularning barchasi yagona ezgu maqsad yo‘lida birlashganlar.
Ilm maskanimizda rus tili fani oyligi doirasida “O‘zbekiston – umumiy uyi­miz” shiori ostida festival o‘tkazildi. Unda Namangan shahridagi jami 83 ta umumta’lim maktabi jamoalari o‘z chiqishlari bilan ishtirok etdilar.
Festivalda biz ona Vatan madhini tarannum etuvchi she’r-qo‘shiqlarimiz hamda sahna ko‘rinishlari bilan qatnashdik. Quvonarlisi shundaki, boshqa umumta’lim maktablaridan ishtirok etayotgan jamoalar bilan do‘stlashib, rus tilidagi bilimlarimizni boyitdik, fikrlar almashdik, - deydi Namangan shahridagi 8-umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi Ruxsora Nizomboyeva.
Festivalda o‘z chiqishlaridagi mazmunan o‘ziga xoslik, liboslarning tanlanganligi, rus tilidagi talaffuzning betakrorligi, aktyorlik mahoratini yuksak darajada ko‘rsata olgan umumta’lim maktablarining jamoalari rag‘batlantirildi.

Muqaddam MO‘YDINOVA,
Namangan shahridagi 41-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi