Salomatlik va biz

Yosh avlodni har jihatdan yetuk va barkamol etib tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtlarini samarali mashg‘ulotlar bilan boyitishda tanlovlar va tadbirlarning ahamiyati katta. Kuni kecha Namangan shahar “Barkamol avlod” bolalar markazida tashkil etilgan “OITS va giyohvandlikka qarshi birlashaylik” shiori ostidagi ko‘rgazmali-ijodiy tanlov o‘quvchilarning bu boradagi bilimlarini boyitish bilan birga darsdan keyin bo‘sh vaqtlarini sermazmun o‘tkazishlarida o‘ziga xos o‘rin tutdi. Tanlovda 83 ta umumta’lim maktabidan 100 ga yaqin o‘g‘il-qiz qatnashdilar. Rasm hamda insho yo‘nalishlarini qamrab olgan bellashuv so‘nggida g‘oliblar OITSga qarshi kurashish markazi mutassaddilarining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

O‘z muxbirimiz