VATANPARVARLIK SABOQLARI

Vatanni sevish, uning har qarich yerini asrab-avaylash barchamizning muqaddas burchimizdir. Buni chuqur anglagan holda, ona diyorimizni asrashni har birimiz o‘z uyimizdan, mahallamizdan, ilm maskanimizdan boshlashimiz kerak. Yurtimizning ertasi va yorug‘ kelajagini ta’minlash uchun bor kuch va salohiyatimizni safarbar etamiz. Kuni kecha ta’lim dargohimizda O‘zbekiston Milliy Gvardiyasiga qarashli hamda harbiy qismlar va Yoshlat ittifoqi kengashi hamkorligida tashkil etilgan “Vatan himoyasi - muqaddas burch” shiori ostidagi harbiy vatanparvarlik hamda ko‘rgazmali tabdir biz yoshlarning qalbimizdagi yurtga sadoqat, jasorat va mardlik tuyg‘ularini yanada yuksaltirdi. Maktabimizning chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik rahbari Muhammadg‘olib Isaqov tashabbusi bilan tashkil etilgan ko‘rgazmali tadbirda harbiy anjomlar, ularning qo‘llanish texnikasi haqidagi qiziqarli bilimlarga ega bo‘ldik. Qolaversa, kelajakda harbiy soha vakili sifatida faoliyat ko‘rsatishimiz uchun nimalarga alohida e’tibor qaratish lozim ekanini ham bilib oldik.

Orifjon OLIMOV,
Namangan shahridagi 31-umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi