Yaproqlardir - ilhomim kuyi

Oltin kuz zarrin yaproqlarini yoqtiraman. Ularda ajib sehr, maftunkorlik mujassam. Balki meni she’r bitishga undagan ilhom sarchashmasi ham ulardir. Ko‘p ustoz shoirlar ijodini kuzatganimda tabiatga oshnolik, fasllarning betakror tarannumiga ko‘zim tushadi. Shunday kezlarda ona zamin bizga tortiq etayotgan mo‘jizalarni ko‘z oldimga keltiraman va qog‘ozga tushiraman. Hozirga qadar yozganlarimni mo‘jazgina ‘Istiqlolning qiziman” nomli ilk to‘plamimga jamladik. Bu adabiyotdagi, she’riyatdagi yutuqlarimning debochasi bo‘ladi deb hisoblayman. Yanada ko‘proq izlanishga, o‘rganishga intilyapman. Kelajakda esa ingliz tili fani o‘qituvchisi bo‘lib, o‘g‘il-qizlarning kamolotiga o‘z hissamni qo‘shishni maqsad qilganman.

Muslima OLIMXONOVA,
Kosonsoy tumanidagi 8-umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi