MAKTABIMIZDA KO‘RGAZMA

Tong yorishib, moviy osmonga tutash baland, purviqor tog‘lar ortidan bosh ko‘tarayotgan quyoshning iliq nafasini his etayotgan maysalarning minnatdor tebranishini faqatgina san’atga oshno qalblargina payqay oladilar. Undan bir olam zavq oladilar. Yangidan-yangi ijod namunalarini yaratadilar. Bizning maktab-internatimizda ham ana shunday mo‘yqalamdagi olam mo‘jizalarini o‘z tengdoshlari, do‘stlariga taqdim etayotgan iqtidor egalari tahsil oladilar. Ba’zan ibratli she’rlari, gohida dilbar raqslari va ertaklar asosida chizgan suratlari bilan barchaga tanish bo‘lgan 7-sinf o‘quvchilari Bibixonim Oxunjonova va uning eng yaqin dugonasi Gulnoza Olimjonova bugun ilm maskanining yuzi hisoblanishadi. Ham fanlardan a’lo baholar olib, ham uka-singillarini kitobxonlikka chorlayotgan qizaloqlarning orzulari bir qancha. Ta’lim maskanimizda yo‘lga qo‘yilgan ajo­yib an’ana “Iqtidorlar bilan tanishamiz” loyihasi doirasida bu ikki o‘quvchimizning rasmlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. ko‘rgazmada ularning ertaklar asosida chizgan 20 dan ortiq rasmlari maktab-internatimizda tahsil olayotgan o‘g‘il-qizlar e’tiboriga havola etildi. Quvonarlisi, kichik sinflardagi uka­jonlarimiz ham ko‘r­gazmadan ruhlanib yanada ko‘proq ijod qila boshladilar.

Javohir SOLIYEV,
Namangan shahridagi 18-DIMIning 10-sinfo‘quvchisi