ROBOT DO‘ST

Ravshan erta tongdan televizorda ko‘rgan antiqa elektron odam haqida dadasiga ishtiyoq bilan so‘zlab berdi. Robot odam Ravshanning fikru-xayolini o‘g‘irlab oldi.
Dadajon robot olib bering, - dedi u har kuni hiqqillab. Mahmudjon aka o‘g‘lining ra’yini qaytarmay shahar markazidagi o‘yinchoqlar do‘konidan kattagina oltin rangdagi robot xarid qilib, Ravshanga tuhfa etdi. Endi Ravshan kun davomida u bilan ovunadigan odat chiqardi. Deyarli maktabdagi va mahalladagi do‘stlarini esidan chiqardi. Hatto eng yaqin do‘sti Ilg‘or bilan ham vaqt o‘tkazgisi kelmay qoldi. Uylariga bir necha marta kelgan qadrdon do’stini jerkib berdi.
Shu zaylda oradan 3 - 4 hafta vaqt o‘tdi. Robot do‘stning bir xilda takrorlanadigan odatiy harakatlari Ravshanni zeriktirdi. U indamay, bir joydan maxsus buyruqsiz siljiy olmaydigan do‘stdan zerikdi. Ilg‘or, Sarvar, Komil, Qobil bilan birgalikda futbol o‘ynagan kunlarini qo‘msadi. Xatosini tuzatish uchun darrov Ilg‘orlarnikiga chopdi. Darvozadan kira solib do‘stidan kechirim so‘radi. Endi ular robotni birgalikda oddiy o‘yinchoq sifatida o‘ynaydigan bo‘lishdi.

Shahzoda ABDULLAYEVA,
Namangan shahridagi 49-DIUMning 4-sinf o‘quvchisi