Ingliz tili bilimdonlari

9 - 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasidagi “Let’s save our homeland” - “Vatanimizni asraylik” loyihalari tanlovi o‘quvchilarga chet tillarni mukammal o‘rgatish borasidagi ezgu tashabbuslardan biri sifatida tashkil etildi. Maktab, tuman va viloyat bosqichlaridan iborat tanlovning yakuniy bahslari natijalariga ko‘ra Namangan shahridagi 5-umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Chingiz Dadamirzayev g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
2-o‘rin To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 3-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Shahnoza Abdug‘afforovaga, 3-o‘rin esa Uychi tumanidagi 7-umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Asadullo Nurmatovga nasib etdi.
Shuningdek, tanlovda faol ishtirok etib, ingliz tilini mukammal o‘rganayotganini ko‘rsatgan o‘quvchilar “Eng yaxshi notiq”, “Eng zo‘r dizayn”, “Eng zo‘r loyiha” nominatsiyalari bo‘yicha g‘olib deb topildilar.
Tanlov g‘oliblariga viloyat xalq ta’limi boshqarmasining diplom hamda esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Eng bilimdon va zukko o‘quvchilarning ustozlari ham faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

Maftuna REJABBOYEVA