DARSLARGA INNOVATSION YONDASHUV

Bugun jadal suratlar bilan rivojlanib borayotgan axborot asrida ta’lim maskanlarida o‘qitish sifatiga alohida e’tibor qaratish juda muhum hisoblanadi. Shu nuqtai-nazardan barcha fanlarga interaktiv yondashish, yangidan-yangi ped texnologiyalar asosida puxta bilim berish ko‘zda tutilgan. Xususan, ta’lim maskanimizda tashkil etilgan “Ona tili ta’limiga innovatsion yondashuv” shiori ostidagi viloyat seminari aynan shu masalalarni qamrab oldi. Seminar davomida ilm dargohimizning 6-, 7- hamda 9-sinflarida innovatsion darslar o‘tkazildi. Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchi-yoshlar bilan mavzulashtirilgan testlar, sahna ko‘rinishlari, she’rxonlik bahslari tashkil etildi.
Bu esa o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqini yanada oshirdi.

Durdona MAMADALIYEVA,
Namangan shahridagi 18-DIMIning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari