ENDI BIZDA HAMMA A’LOCHI

Maktab - mo‘jizalar maskani, bilimlar oshyoni. Unda hayotni anglaymiz, o‘zligimizni topamiz. Aynan shu muqaddas dargohda qadrdon do‘stlar bilan topishamiz. Bir-birimizga ko‘mak berib, birgalikda ulkan natijalarni qo‘lga kiritamiz.
Ta’lim maskanimizda yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Sevara Rustamova tashabbusi bilan ajoyib innovatsion loyiha yo‘lga qo‘yildi. Saboqlarni o‘zlashtirishga qiynalayotgan uka-singillarimiz uchun “O‘quvchi uchun ko‘mak” xonasi tashkil etilib, ilm dargohimizning o‘n nafar eng bilimli, faol o‘quvchilari jalb etildi. Ular rus, ingliz tili, biologiya, fizika, tarix, kimyo, matematika, ona tili va adabiyoti fanlaridan qo‘shimcha mashg‘ulotlar olib boradilar va uy vazifalarini bajarishda ko‘mak beradilar. Bu esa bizning maskanda hamma o‘quvchi-yoshlar a’lo baholarga tahsil olishlarida o‘ziga xos ko‘prik vazifasini o‘tamoqda. Endi bizda nafaqat hamma a’lochi, balki barcha faol hamdir.

Madina HOSHIMJONOVA,
To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 12-umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi