TOVUQLARIM UCHUN “AQLLI KATAK”

Tabiatdagi barcha jonzotlar, parrandayu-darrandalar, o‘simliklar dunyosi, qushlar barcha-barchasiga qiziqaman va ularni o‘zimga do‘st deb bilaman. Shuning uchun ham uyimizda sigir, qo‘y, kuchuk, bedana, xo‘roz, tovuq va ularning mitti jo‘jalarini parvarishlaymiz. Har kuni maktabdan qaytgunimcha mitti sap-sariq, olachipor jo‘jalarim meni kutadi. Ular bilan o‘ynayman, oziqlantiraman. Kunlarning birida o‘ylanib qoldim. Maktabdan qaytgunimcha jo‘jalarimning qorni ochib qolishi mumkin. Shining uchun ularga “aqlli tovuqxona” qurib berishni maqsad qildim. Tumanimizdagi “Barkamol avlod” bolalar markazida ustozlarim bilan birgalikda bir oydan ortiqroq vaqtda men kutgan “Aqlli katak”ni yasab bo‘ldik. Uning aqlliligi shundaki, belgilangan vaqtda tovuqlarga don va suv yetkazib beradi. Buni yasashda men yorug‘lik dvigateli, servo motor, led chiroqlari, don va suv uchun maxsus idishlardan foydalandim. Endi mening jo‘jalarim hech qachon qarovsiz qolmaydigan bo‘ldi.

Ahrorbek ZOKIROV,
Norin tumanidagi 43-umumta’lim maktabining 3-sinf o‘quvchisi