Eng, Eng, Eng!

Eng katta o‘rmon – Tayga.
Eng uzun daraxt – Avstraliya evkalipti. Balandligi 155 metr.
Eng semiz daraxt – Baobab. Diametri 4-10 metrgacha bo‘ladi. Balandligi 20 metrgacha yetishi mumkin. Asosan Afrikada o‘sadi.
Eng uzoq umr ko‘ruvchi da­raxt – Sekvoya. Daraxt Simoliy Amerikada o‘sadi. 5000 yilgacha umr ko‘radi.
Eng zaharli o‘simlik – Strixnos.
Eng katta gul - Raffleziya–Arnoldi bo‘lib, uning aylanasi, ya`ni diametri, 1 metrni tashkil etadi.
Eng kichik gul – Volffiya.
Eng qadimiy gul – Xrizantema. Gul tarixi 2500-yilga borib taqaladi.
Eng katta qush – Tuyaqush.
Eng kichik qush – Kolibri. Og‘irligi 2 gramm.
Eng katta in quradigan qush – Burgut.
Eng tez uchadigan qush – Qora lochin.
Eng baland uchadigan qush – Qora g‘oz.
Eng katta maymun – Gorilla. Og‘irligi 200 kilogramm.
Eng katta ayiq – AQSHning Alyaska shtatidagi Kadyak orolida yashovchi qo‘ng‘ir ayiq, uning og‘irligi 680 kg.
Eng katta quruqlikdagi hayvon – Fil.