“Kamalak” yulduzlari” iste’dod uchqunlari

Iqtidorli bolalarni aniqlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kichkintoylarning iste’dod va mahoratlarini namoyon qilishlari uchun imkoniyat yaratish, o‘g‘il-qizlarimizning san’at va go‘zalikka intilishlarini kuchaytirish, milliy san’at an’analarini rivojlantirish va davom ettirish maqsadida har yili an’anaviy tarzda 6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida o‘tkazib kelinayotgan “Kamalak” yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivalining viloyat bosqichi zo‘r tayyorgarlik hamda ko‘tarinkilik bilan tashkil etildi. Tanlovning dastlabki shahar-tuman bosqichlarida 3423 nafar o‘quvchi-yoshlar o‘z iqtidorlarini ko‘rsatgan bo‘lsa, festivalning viloyat bosqichida jami 347 nafar iste’dod sohiblari 6 ta yo‘nalish bo‘yicha kuch sinashdilar. Barcha yo‘nalishlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 30 nafar g‘oliblarga diplom hamda maxsus statuetkalar topshirildi.

Maftuna REJABBOYEVA