Mo‘jaz sahnadagi ilk konsertim

Musiqa shunday sehrli kuchki, u bilan har doim hamma joyda inson o‘zini baxtiyor sezadi. Orzu-umidlar qanotida parvoz etadi. 
Uychi tumanidagi 13-BMSMda ham ana shunday san’atga ishtiyoqmand o‘g‘il-qizlar tahsil oladilar. O‘ziga xos iqtidor egalari ishtirokida “Mening birinchi konsertim” nomli ilk tadbirimizni o‘tkazdik. Unda musiqa maktabiga joriy o‘quv yilida qabul qilingan uka-singillarimiz fortepiano, milliy cholg‘u asboblari yordamida qo‘shiqlar kuyladilar. Yana bir qator bolajonlar esa raqsdagi mahoratlarini namoyish etdilar. San’at oshiyonida tahsil olayotganiga hali ko‘p bo‘lmagan bo‘lsa-da o‘quvchilarning chiqishlari ota-onalarda iliq taassurot qoldirdi.
 

Sardorbek OBIDJONOV,

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Uychi tumanidagi 33-umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi