Dunyo mamlakatlarida Yangi yil bayrami

 Angliyada u qanday nishonlanadi?

Angliyada yangi yil sovg‘asiz nishonlanadi va uni oila davrasida kutib olish shart emas. Bayramning an’anaviy taomi yo‘q. Odatga ko‘ra, uy bekalari olmali pirog tayyorlashadi.

 

Ispaniyada unutilmas onlar

Yangi yil Ispaniyada davlat bayramlaridan biri hisoblanadi. Bayram tunida odamlar mamlakatning katta va kichik shaharlaridagi bosh maydonlarda to‘planishadi. Ispan yangi yil marosimlaridan eng qiziqarlisi - 12 dona uzum iste’mol qilish marosimidir. Yangi yil kirib kelishi arafasida soatning har bir bong urishida odamlar bir donadan uzum yeb, yangi yil tilaklarini tilashadi.

 

AQSHda yangi yil

1-yanvar kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarida rasmiy ravishda Yangi yilni (New Year) nishonlashadi, biroq 31-dekabrdan xalq sayllari boshlanadi. Ko‘pdan kutilgan bu bayramga esa Amerika aholisi noyabr oyining oxiridan tayyorgarlik qila boshlaydi. Amerikaliklar odatda Yangi yilni restoranda do‘stlar davrasida, teatrlarda va kamdan-kam oilada nishonlaydilar.

 

Germaniyada zavqli shodiyona

Yangi yil bayramini nemislar uyda nishonlamaydilar.  Ular tanishlari, hamkasblari va do‘stlari bilan uchrashib, yaxshi tilaklarni bir-birlariga  bildirishadi. Bu kuni hech kim o‘zini yolg‘iz his qilmaydi, chunki soat birinchi bong urishi bilan odamlar ko‘chaga chiqishadi. Eng katta bayram Berlinda bo‘lib o‘tadi, ko‘chadagi yangi yil bayrami 2 kilometr masofaga yetadi.