Antiqa bellashuv

Yangi yil bayrami o‘zgacha quvonch va shodliklarga limmo-lim keladi. Bayram arafasida ta’lim maskanlarida o‘tkaziladigan bellashuvlar ham o‘ziga xos tarzda bo‘ladi. Namangan Davlat Universitetining maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi qoshida “Kasb mahorati” tashkil etilgan bo‘lib, mazkur to‘garakning faol a’zolari bilan “Yangi yil archasi” shiori ostida noan’anaviy bellashuv tashkil etildi. Unda ishtirokchilar o‘zlari yasagan betakror archalar bilan qatnashdilar. Ishtirokchilarni hakamlar hay’ati tarkibida Norin tumanidagi 38-MTM mudirasi Shahodat Djalolova munosib baholab bordi. Salmoqli natijalarni qayd etgan guruh a’zolari faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tanlov barchaga manzur bo‘ldi.

Dilorom ASQAROVA,Zohida QODIROVA, NamDU maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchilari