TINCHLIK BAXTDIR, TINCHLIK - SAODAT

Ozod yurt osoyishtaligi, sarhadlarimiz dahlsizligining yorqin ifodasi sifatida butun mamlakatimiz bo‘ylab 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi katta tantanalar bilan munosib nishonlandi.
Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi barcha umumta’lim maktablari hamda muassasalarda ham muhim sana munosabati bilan “Vatanparvarlik oyligi” doirasidagi tadbirlar keng ko‘lam kasb etdi.
Umumta’lim maktablari, “Bar­kamol avlod” bolalar markazlari hamda maktabdan tashqari muassasalarda tashkil etilgan “O‘zbekiston mustaqil Vatanim, milliy armiyam - faxrim-g‘ururim!”, “Mardlik va jasorat darslari”, “Vatan ozodligi - baxtim garovi”, “Buyuk sarkardalar hayotidan”, “Armiya - yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi ramzi”, “Milliy armiya bayrami - mening bayramim” kabi bir necha o‘nlab mavzulardagi tadbirlar, tanlovlar o‘quvchi-yoshlarda Vatanga sadoqat, ona yurtni sevib-ardoqlash tuyg‘ularini yanada yuksaltirishga xizmat qildi.
Qurolli Kuchlar tizimlari vakillari, askar va zobitlar, turli soha vakillari bilan tashkil etilgan davra suhbatlari va uchrashuv muloqotlar, insholar, devoriy gazetalar va rasmlar tanlovlarida kelajagimiz egalari mardlik va jasorat timsollarining sharafli hayoti haqida yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Bu esa, ularni baxt-saodat va iqbol ramzi bo‘lgan tinchlik-osoyishtalikning qadriga yetib, beqiyos imkoniyatlardan oqilona foydalangan holda mustaqil diyor ertasiga munosib kamol topishga ruhlantirdi.

Mardonbek ESONBOYEV