Qishki ta’tilda zavqli onlar

Butun mamlakatimizda bo‘lganidek, viloyati­miz o‘quvchi-yoshlari ham qishki ta’tilni unutilmas va serzavq onlarga oshno o‘tkazishdi.
Surxondaryo­ning “Xalqaro yoshlar oromgo­hi” mamlakatimizning barcha hududlarida istiqomat qiluvchi eng faol, a’lochi va iqtidorli o‘quv­chilarni “A’lo ta’til” loyihasi doirasida jamladi.
Tadbirlarda viloyatimizdan ham 4 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.
Viloyat “Barkamol avlod” bolalar markaz­larida10073 nafar o‘quv­chilar 398 ta to‘garakda qishqi ta’tilda yanada bilim va mahoratlarini oshir­dilar.
Ichki turizm rav­­naqi borasidagi beqiyos imkoniyatlar samarasi o‘laroq viloyatimizning 3000 nafardan ziyod o‘quvchilari ona diyori­mizning ko‘hna va qa­dimiy Samarqand, Toshkent, Farg‘onadagi betakror maskanlarida bo‘lib, olam-­olam taassu­rotlar ­olishdi.
Qishqi ta’til kunlarida viloyatimiz umumta’lim maktablarining 28000 nafar o‘g‘il-qizlari sportning o‘ndan ortiq turlari bo‘yicha qamrab olindi. Yigirmadan ziyod chempionlar bilan uchrashuv­lar o‘tkazildi.
Viloyat axborot resurs markazi ham ta’til kunlari har qachongidan gavjum bo‘ldi. Ziyo maskanida 103767 nafar kitobsevar o‘quvchilar 274000 badiiy adabiyotlardan bahramand bo‘ldilar. Ma’naviyat dargohi ha­yoti 140 dan ziyod turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, teatrlashtirilgan dasturlar bilan yanada mazmun kasb etdi.