AKAMDAY ASKARBO‘LAMAN

Bolaligimdan harbiylar hayoti meni judayam qiziqtirib keladi. Ayniqsa, mardlik va jasurlik tarannum etilgan filmlar orqali ularning sharafli va ayni paytda mas’uliyatli kasblari haqida yanayam chuqurroq ma’lumotga ega bo‘lganman. Mana endilikda chinakam askarlik, uning jo‘shqin va qizg‘in hayoti haqida yigitlik burchini o‘tayotgan akamdan maktub orqali xabardor bo‘lib turaman. Har gal maktub yo‘llaganlarida yigitlik uchun eng sharaflisi askarlik ekanini alohida ta’kidlaydilar. Haqiqiy mard o‘g‘lonlargina Vatani, ona diyori sarhadlarini qo‘rqmay, dadil himoya qiladi deydilar. Shunday kezlarda akamga juda-juda havas qilaman. Ayni paytda ular o‘z safdoshlari bilan ona zaminimiz tinchligi uchun xizmat qilayotganliklaridan faxrlanaman. Men ham kelajakda, albatta, akamday harbiy xizmatni o‘tayman. Buning uchun esa hozir astoydil bilim egallayapman.

Ozodbek OLIMJONOV,
Uychi tumanidagi 39-umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi