BILIMDONLIK BELLASHUVI

Men tahsil oladigan maktabning har bitta o‘quvchisi kitobxon, bilimli va tashabbuskor deb qo‘rqmasdan ayta olaman. Nega deysizmi? Chunki ana shunday salohiyatli, teran tafakkurli tengdoshlarimiz bilan ko‘pdan-ko‘p qiziqarli, ma’naviy bilimlarimizni boyituvchi tanlov va tadbirlar tashkil etyapmiz. Ta’lim dargohimizning yoshlar yetakchisi Alisher Usarov bu borada bizga yaqindan ko‘mak beradilar. Kuni kecha ustozimiz tashabbusi bilan “Yosh kitobxon” bellashuvini o‘tkazdik. Musobaqada 7 - 11-sinflarning eng zukko, kitobsevar o‘g‘il-qizlari ishtirok etdilar.
Qatnashchilar 10 dan ziyod shoir va yozuvchilari, shuningdek o‘zlarining eng sevimli qahramonlari haqida shartlarda berilgan topshiriqlar asosida bahs olib bordilar. Bellashuv davomida har bir kitobxon chinakam bilim sohibi ekanligini isbotladi. Musobaqa so‘ngida ilm dargohimizning 8-sinf o‘quvchisi Diyora Egamberdiyeva mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Rayhona OLIMJONOVA,
To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 43-umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi