MAZMUNLI va MAROQLI

O‘g‘il-qizlarning maktabdan tashqari bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlari va shuning barobarida o‘zlari qiziqqan yo‘nalish bo‘yicha yuqori natijalarni qayd etishlarida to‘garaklarning o‘rni o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Chust tumanidagi “Barkamol avlod bolalar markazi” bu borada samarali ishlarni amalga oshirmoqda. Xususan, markaz hamda umumta’lim maktablari hamkorligida tumandagi chekka hududda joylashgan jami 20 ta umumta’lim maktablarida tasviriy san’at, ingliz tili, rus tili, kompyuter savodxonligi, bichish-tikish, stol tennis kabi to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Endilikda yuzlab o‘quvchi-yoshlar darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarida mazkur to‘garaklarda bilimlarini oshirib borishlari mumkin.


Ulug‘bek MAMADALIYEV,
viloyat BABM uslubchisi