Tish og‘rig‘i

Hozirgi zamonda bir odobsiz, hech kimning gapiga kirmaydigan, uy yumushlariga, ota-onasiga ko‘mak bermaydigan Shuhratjon ismli bola bor ekan. Unga har kuni dadasi ishdan qaytish oldidan shirinliklar olib qaytar ekan. Shuhratjon esa juda-juda sevinib, ularni bir vaqtning o‘zida yeb tugatarkan. Onasi esa konfetlarni birdaniga ko‘p iste’mol qilib bo‘lmasligini har kuni uqtirarkan. Ammo qaysar Shuhratjon onasining gapini eshitmaslikka olarkan. Ana shunday kunlarning birida Shuhratjonning tishi qattiq og‘rib qolibdi. U shirinliklar qolib, hattoki non ham yeyolmay azoblanibdi. Onasi esa uni tish shifokoriga olib boribdi. Shifokor Shuhratjonning tishlarini ko‘zdan kechirib, ularning bir nechtasini olib tashlash kerakligini aytibdi. Shuhratjon juda qo‘rqib ketibdi. Og‘riq sabab maktabdagi darslarini ham qoldirishga majbur bo‘libdi. O‘shanda onasining nasixatlariga quloq tutmaganiga juda-juda afsus chekibdi.

Oysha NABIJONOVA,
Namangan shahridagi 32-umumta’lim maktabining 5-sinf o‘quvchisi