Raqamlar bahsi

Har bir bosgan qadamimiz, olgan nafasimiz, sarflagan kuchimiz va erishgan yutuqlarimiz, bularning barchasini sonlar, raqamlar tashkil etadi. Buni esa bizning ilm dargohimizdagi barcha o‘quvchilar juda yaxshi tushunadilar. Chunki ularning har biri o‘zi qiziqqan sohada ilg‘or, tashabbuskor va g‘olib. Eng muhimi esa ta’lim maskanimizda bizni birlashtirib turadigan kuch bor. Bu o‘zaro inoqlik va bilim.
Muassasamizda tahsil olishning o‘zi bayram. Boisi har bir ustozimizning alohida ishtiyoq bilan mavzuni tushuntirishlari, qo‘shimcha manbalar keltirishlari, fanga doir tadbirlar tashkil etishlari bizga bir olam zavq bag‘ishlaydi. Matematika va informatika fanlari oyligi munosabati bilan tashkil etilgan bellashuv ham katta tantanaga aylanib ketdi. Unda maskanning 6-“A” sinf o‘quvchilari ikki jamoaga bo‘linib, 6 ta shart asosida bahs olib bordilar. “Donolar” va “Zukkolar” jamoalari shartlar davomida o‘z bilimlari kuchli ekanini namoyish etdilar. Shiningdek, 5 – 9-sinf o‘quvchilarining ajoyib matematik o‘yinlari, qiziqarli boshqotirmalari hamda raqamli raqslari o‘quvchi-yoshlarga judayam manzur bo‘ldi. Matematika fani ustozimiz Nigora Nabiyeva tashabbusi bilan tashkil etilgan bellashuv haqiqiy bilimlar bahsi bo‘ldi. Musobada “Zukkolar” jamoasi g‘alaba qozondi. Jamoalar faxriy yorliq hamda qiziqarli matematik kitoblar bilan taqdirlandilar.

Mohina RUSTAMOVA,
Namangan shahridagi 1-DIMIning 6-sinf o‘quvchisi