YOSH CHEMPIONLAR YUTUG‘I

Yoshlarni har tomonlama sog‘lom va barkamol tarbiyalash, ularning fan, ta’lim, madaniyat, sport yo‘nalishlarida yuksak g‘alabalarni qo‘lga kiritishlari uchun ko‘malklashish, rag‘batlantirish yangidan-yangi iqtidor va iste’dodlarni kashf qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Turli sport musobaqalari esa yoshlarni jahon maydonlari sari shahdam borishga undaydi. Xalq ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda 2005-2007-yillarda tug‘ilgan o‘quvchilar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha “O‘FA KUBOGI” musobaqasining respublika final bosqichi ham aynan sportsevar yoshlarni bir maqsad yo‘lida birlashtirdi. Unda Chortoq tumanidagi 43-umumta’lim maktabining 13 nafar o‘quvchilaridan iborat jamoasi murabbiy Doniyor Ziyamiddinov rahbarligida ishtirok etib, respublika miqiyosida faxrli 3-o‘rinni egallab qaytdilar. Yosh chempionlarimizning yutuqlari davomiy, parvozlari baland bo‘lishiga tilakdoshmiz.

O‘z muxbirimiz