Kitob qulaymi, telefonmi?

Ko`chada ketayotib, yo‘lovchilarning aksariyat telefonda gaplashayotganliklariga guvoh bo‘lamiz. Ular orasida yoshi kattalar, o‘rta yoshlilar hatto o‘quvchilarni ham uchratish mumkin. Yoki ko‘proq jamoat transportlarida quloqchin taqib olgan yigit-qizlarga ko‘zimiz tushadi. Ular orasida bir-biri bilan bitta tortishuvlar qilayotgan o‘g‘il-qizlarning ba’zi mavzulari yangi chiqqan qo‘shiq, yangi liboslarning sotuvdagi narxlari haqida bo‘ladi. Rivojlanib borayotgan axborot asrining o‘ziga xos, qulay yutug‘i sifatida qaraladigan mobil qurilmalar orqali elektron kitoblar yuklab olish imkoni ham mavjud. Bu esa hatto uzoq masofaga sayohat uyushtirgan paytlarimizda zerikmay kitob mutolaa qilib ketish imkonini beradi.
Bugun yoshlarimiz uchun kitob qulaymi, yoki telefonmi? Tanganing ikki tomoni bo‘lgani kabi ikkisida ham o‘ziga yarasha qulaylik va afzallikni ko‘rish mumkin. Shunga qaramay kitoblar o‘qilganda tushunilishi oson, shuningdek salomatlik uchun bezarar hisoblanadi.

Muslima SULTONOVA,
Namangan tumani