AJDODLAR IJODINI O‘RGANAMIZ

Ona Vatanimizdan bir kungina boshqa manzilga borsak, qanchalar yurt sog‘inchi qalbimizni tirnaydi. Vaholanki, yana o‘z manzilimiz, oshyonimizga qaytishimizni anglab tursak-da. Shoh va shoir, davlat arbobi Bobur mirzoning hayot zarvaraqlarini ko‘zdan kechirar ekanman, uning dilidagi Vatan sog‘inchini anglagandek bo‘laman. Yillar davomida o‘zga yurtda ona tuprog‘i islarini qo‘msab yashagan bu buyuk zotning sabru matonatiga taxsinlar aytamiz beixtiyor.
Fevral oyining ilk kunlaridanoq maktabimizda katta tantana boshlanadi. Mumtoz adabiyotimizning so‘nmas siymolari Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud sanalari katta ishtiyoq hamda zo‘r tayyorgarlik bilan nishonlanadi. Bu yil ham xuddi shunday kechalar o‘tkazyapmiz. Men tadbirda Bobur hayotini aks ettiruvchi “Boburnoma” asari haqida o‘z taassurotlarimni so‘zlab berdim. Mazkur kecha maktabimiz o‘quvchilarida mumtoz adabiyotimizga bo‘lgan ishtiyoqni yanada oshirib Bobur ijodi borasidagi bilimlarini boyitdi.

Iroda NE’MATJONOVA,
Uchqo‘rg‘on tumanidagi 26-umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi