Quvonch zavqi

Ezgulik xalqimizning qon-qoniga singib ketgan ajoyib fazilatlardan sanaladi. Ayniqsa, jajji qalb egalari bo‘lmish bolajonlarga quvonchu shodliklar, beg‘ubor tabassum ulashish qanchalar zavqli. Namangan shahar “Barkamol avlod” bolalar markazining bir qator to‘garak a’zolari Namangan shahridagi 49-imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisos­lashtirilgan davlat ta’lim muassasasidagi tengdoshlariga o‘zlarining ko‘rgazmali chiqishlari, adabiy tadbirlarini taqdim etishdi. Tadbir davomida markazning estrada-vokal hamda raqs to‘garagi a’zolari chiqishlari ilm maskanidagi o‘quvchilar qalbiga quvonch ulashdi.
- Bugungi tadbir maktabimizdagi barcha o‘g‘il-qizlarga yoqdi. Maza qilib, yayrab dam oldik. Raqsga tushdik, qo‘shiq kuyladik. Shuningdek, ishtirokchi do‘stlarimiz, tengdoshlarimiz bilan yaqindan tanishdik. Bizlar ham bo‘sh vaqtimizni samarali tashkil etish uchun markazdagi to‘garaklarga a’zo bo‘lishga qaror qildik, - deydi maskanning 10-sinf o‘quvchisi Zulhumor Abdullayeva.

O‘z muxbirimiz