TARIX bilimdonlari

Maktabimizda hamma tarix fanini juda-juda yaxshi ko‘radi. Tanaffus bo‘ldi deguncha hammaning og‘zidan, u xoh 6-sinf, xoh 10-sinf bo‘lsin, tarixiy atamalar va sanalar ustida bahs boylashib turganlariga guvoh bo‘laman. Balki bu ilm maskanimizning tarix fani o‘qutuvchisi Naima Abdurahmonovaning izlanuvchanligi sababdir. Chindan ham tarix fanidan saboq beradigan ustozimiz juda intiluvchan va bizni ham doim yuqori marralarni zabt etishga ilhomlantiradilar. Kuni kecha maktabimizda 8-“A” hamda 8-“B” sinflar o‘rtasida “Tarix bilimdonlari” shiori ostida qiziqarli musobaqa tashkil etdik. Unda sinf­lar tanishtiruv, guruhning devoriy gazetasi, savol-javob, sardorlar bahsi, so‘z o‘yini kabi shartlar asosida bahslashdilar. Har bir shart o‘ziga xos murosasiz kurashlarga boy o‘tdi. Bunda tengdoshlarimizning qanchalik chuqur bilim egallaganliklari namoyon bo‘ldi. Bellashuv so‘nggida «Temuriylar» jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Rushana HAMIDULLAYEVA,
Namangan shahridagi 32-umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi