Piramidalar haqida nimalarni bilamiz?

"Dunyoda hamma narsa vaqtdan qo`rqadi, vaqt esa piramidalardan” degan ibora bor. Darhaqiqat, qancha asrlar o‘tmasin, bahaybat toshli asori-atiqalar hali hamon ilk davridagiday yer yuzida savlat to‘kib turibti. Va hanuzgacha insoniyat uchun jumboqligicha qolmoqda. Ba’zilar ularni o‘tmishning yashirin nomalari, yana ba’zilar piramidalar o‘zga sayyoraliklarning “ijod mahsuli” deyishsa, qolganlar bu mo‘jizaning paydo bo‘lishi afsonaviy Atlantida bilan bog‘liq deya taxmin qilishadi. Misr ehromlari, y’ani misr piramidalarining soni hozirga kelib 120 dan ziyod. Ehromlar qadimgi va o‘rta davr fir’avnlarini dafn qilih uchun qurilgan. Har bir fir’avn taxtga o‘tiribdiki, o‘ziga hayot paytidayoq ehrom qurdirgan. Piramidalar ichida ularning qurilishi jarayonlari tasvirlangan papiruslarni har qadamda uchratish mumkin. Bu tasvirlardan birida bizning hozirgi asr texnologiyalarimiz: tank, samolyot, vertolyot kabi boshqa uskunalar tasviri tushirilgan. Bunga nima deysiz? Hozirgi kun kashfiyotlari tarixi 4 ming yildan 10 ming yilgacha deb faraz qilinayotgan piramidalar davriga qayerdan kelib qoldi? Bunday sir-asrorli faktlar bir qancha. Masalan: qandaydir noma’lum sabablarga ko‘ra piramidalar ichida o‘simliklar juda tez o‘sadi. Ehrom ichki harorati tashqi iqlim sharoitiga teskari. Ya’ni qishda issiq, yozda sovuq. Jarohatlangan joylar bino ichida tez tuzaladi. Piramida ichida sut bir necha kunlab buzilmay saqlanadi va qattiq holatiga kelib qoladi. U yerda radar, ultratovush kabi qurilmalar ishlamaydi. Misr ehromlari o‘zida yana qanchadan-qancha sir-u asrorlarni saqlab kelmoqda. Insoniyatning aql va tafakkuri tobora rivojlanib borayotgan bir paytda piramidalar siri hanuzgacha jumboqligicha qolmoqda. Kelgusida bu jumboqlarning kaliti, albatta, topiladi degan umiddamiz.

Hilola XOLMIRZAYEVA,
Namangan shahridagi, 48-umumta’lim maktabning 8- sinf o‘quvchisi
“Yosh jurnalistlar” to‘garagi a’zosi