Chumchuq, chumoli va qurbaqa

Qadim zamonda katta o‘rmonda chumchuq va chumoli, o‘rmon yaqinidagi katta hovuzda qurbaqa yashar ekan. Chumoli judayam mehnatkash, qurbaqa esa dangasa ekan. Chumchuq bo‘lsa sayohatlarni judayam yaxshi ko‘rar, shu bois samolarda parvoz etib yurar ekan. Qish kunlarining birida qurbaqa suvda suzib yurgan pallada suv yuzasi muzlab, qurbaqa hovuzda qolib ketibdi. Bir o‘zi muzni yorib chiqishga juda qiynalibdi. Tinmay tepaga qarab intilarmish-u lekin hech kuchi yetmasmish. Ko‘kda parvoz etayotgan chumchuq qurbaqaning qiyin ahvoldaligini ko‘rib qolibdi. Darrov borib chumolini ogoh etibdi. Mehnatkash chumoli o‘zining bir to‘da safdoshlari bilan yetib kelib qurbaqani qutqarib olishibdi. Shundan buyon qurbaqa qishning chillasida suv tubiga sho‘ng‘imaydigan bo‘libdi.

Hojiakbar QAHHAROV,
Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 15-umumta’lim maktabining 3-sinf o‘quvchisi