E’LON

(Eksternat to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida)
Xalq ta’limi vaziri Sh. Shermatovning 2018-yil 15-noyabr­dagi 13-mh-sonli buyrug‘iga asosan Eksternat to‘g‘risidagi nizomga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:
1. Muqaddimadagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-maydagi 203-sonli “O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori” degan so‘zlar bilan almashtirildi.
2. 5-band quyidagi tahrirda bayon etildi:
“5. Attestatsiyada umumiy o‘rta ta’lim dasturlarini davlat ta’lim standarti asosida 9-sinf doirasida mustaqil o‘zlashtirgan va tegishli yilda 16 yoshga to‘ladigan hamda undan katta yoshdagi fuqarolar, umumiy o‘rta ta’lim dasturlarini davlat ta’lim standarti asosida 11-sinf doirasida mustaqil o‘zlashtirgan va tegishli yilda 18 yoshga to‘ladigan hamda undan katta yoshdagi fuqarolar qatnashishi mumkin”.
3. Quyidagi mazmundagi 51-band bilan to‘ldirildi:
“51. Umumiy o‘rta ma’lumot to‘g‘risida shahodatnomaga ega fuqarolar 11-sinf doirasida attestasiyadan o‘tkaziladi.
Ekstern bir vaqtning o‘zida 9-sinf va 11-sinf doirasida attestasiyadan o‘tkazilmaydi”.
4. 8-bandning beshinchi xatboshisidan “eksternning yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan berilgan ma’lumotnoma” degan so‘zlar chiqarib tashlandi.
5. 15-band quyidagi tahrirda bayon etildi:
“15. Ekstern 9- va 11-sinflardagi baholar (o‘zlashtirish) tabeliga asosan attestatsiya o‘tkazilmaydigan fanlardan ijobiy baholangan bo‘lsa, ushbu fanlardan attestatsiyadan ozod etiladi”.
6. 16-band quyidagi tahrirda bayon etildi:
“16. Eksternning 9- va 11-sinflardagi baholar (o‘zlashtirish) tabeli bo‘lmasa, 9- va 11-sinfda o‘qitiladigan fanlardan imtihon topshiradi, “Chizmachilik”, “Tasviriy san’at”, “Musiqa”, “Texnologiya”, “Jismoniy tarbiya” fanlari bundan mustasno”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 10/18/2670-1/2308-son)
Murojaatlar uchun: Namangan viloyati xalq ta’limi boshqarmasi ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish bo‘limi. Tel: 69 232-54-36
Namangan shahar 52-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi.
Tel: 69 232-68-03