Doiraga uyg‘unlashgan kuy

O`g`il-qizlarning qiziqishlari va iqtidorlarini yuksaltirish, ijodiy va badiiy qobiliyatlarini rivojlantirish, doira san’atiga bo‘lgan muhabbatlarini oshirish va milliy qadriyatlarni asrab-avaylash maqsadida har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan “Zarb” yosh doirachilar respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi Norin tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar markazida ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Unda jamoaviy hamda yakkaxon yo‘nalishlarda ishtirokchilar bahs olib bordilar. 10 - 18 yosh toifasidagi umumta’lim maktablari hamda “Barkamol avlod” bolalar markazlari o‘quvchilari o‘rtasidagi mazkur bellashuv yakunida Pop tumanining “Barkamol” jamoasi g‘oliblikni egallagan bo‘lsa, yakkaxon ijrochi yo‘nalishida esa Norin tumanidagi 1-umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Abbosbek Abdug‘afforov tanlovning mamlakat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

Maftuna REJABBOYEVA