Ilk she’rim

Maktabimiz - iqtidorlar maskani. Unda har xil yo‘na­lishlarda o‘zlarining iqtidor va salohiyatlarini ko‘rsatib kelayotgan o‘g‘il-qizlar tahsil olishadi. Qahraton qishning sovuq kunlari ortda qolib, maftunkor bahor kelmoqda. Bizning ijodkor o‘quvchilarimiz esa har daqiqani g‘animat bilib, ijodga sho‘ng‘ib ketishgan. Yaqinda maktabimizda ajoyib loyiha tashkil etdik. Unga ko‘ra o‘zining ilk she’rlarini taqdim etgan 20 dan ortiq ijodkor o‘quvchilar qatnashdilar. Mazkur ijodiy ishlar orasidan 6 nafar o‘quvchining eng sara ilk she’rlari tanlab olindi va g‘oliblar safidan joy oldi. G`olib o‘quvchilar maktab ma’muriyatining faxriy yorliq hamda esdalik kitoblari bilan taqdirlandilar.

Azizbek TOSHMATOV,
Namangan shahridagi 40-maxsus maktab-internatining 10-sinf o‘quvchisi