QORAKO‘Z

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Qorako‘z ismli qiz yashagan ekan. U chiroyda tengsiz, ammo aql borasida biroz havoyi ekan. Boisi u onajonisi aytgan yumushlarni bajarmas, boz ustiga biroz qaysarroq ham ekan. Dugonalari bilan ozgina muddat o‘ynar ekanu, darrov tortishib qolar ekan. Onasi bu haqda Qorako‘zni juda ko‘p ogohlantirar, yana tanbex ham berar ekan. Kunlarning birida qizaloqning onasi qattiq betob bo‘lib qolibdi. Maktabdan uyga qaytgan Qorako‘z onajonisining shifokorlar mashinasida ketayotganini ko‘rib, yig‘lab yuboribdi. Shifokor amaki unga, agar aqlli qiz bo‘lsa onasi tez orada qaytishini uqtiribdi.
O‘sha kundan boshlab Qorako‘z butunlay o‘zgaribdi. Endi u uy yumushlarini bajarar, vazifalarni a’lo darajada ado etar, yana dugonalariga ham mehribon qizga aylanibdi. Mehribon onasi ham tuzalib uyga qaytibdi. Qizchasining aqlli, farosatli ekanidan boshi ko‘kka yetibdi.

Muattar O‘RINBOYEVA,
Chortoq tumanidagi 11-umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi