BAHOR, GO‘ZALLIK va NAFOSAT KUYCHISI

Yasharish, yangilanish, go‘zallik va nafosat fasli bahor o‘lkamizga bunyodkorona o‘zgarishlar bilan birga qutlug‘ shodiyonalar, ezgu ayyomlar va tantanalarni yetaklab keldi.
Ona diyorimizning barcha go‘shalarida bo‘lganidek, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tizimidagi muassasalar - umumta’lim maktablari hamda maktabdan tashqari ilm maskanlarida ham xalqimizning ardoqli farzandi, hassos shoira Zulfiyaxonim tavalludining 104 yilligi hamda tabarruk onajonlarimiz, munis opa-singillarimiz bayrami 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni zo‘r ko‘tarinkilik va katta shodiyonalar bilan nishonlandi.
Bizning ilm maskanimizda ham bahor, go‘zallik, latofat va nafosat kuychisi Zulfiyaxonim ta­vallud sanasi munosabati bilan ko‘plab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.
Jumladan, maktabimizning barcha sinflarida tashkil etilgan ochiq darslarda o‘quvchilarga shoira hayoti va ijodi haqida ko‘plab ma’lumotlar berildi. Ayniqsa, 7-”a” sinf o‘quvchilari ishtirokidagi “Baxtim shul o‘zbekning Zulfiyasiman!” deb nomlangan mushoira va adabiy-badiiy kecha barchaga manzur bo‘ldi. Unda o‘quvchilar shoira­ning hayot va ijod yo‘lini sahna ko‘rinishlar va turli ada­biy chiqishlar orqali keng yoritib berishdi. Shu­ningdek, ular shoira she’rlarini o‘zbek, rus hamda ingliz tilida mahorat bilan ifodali tarzda o‘qidilar, shoira she’rlari bilan kuylangan qo‘shiqlar kechaga yanada tantanavorlik bag‘ishladi.
9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan musho­i­ra yoshlarning Zulfiyaxonim hayoti va ijodi, asarlari borasidagi bilimlarini yanada boyitdi.

Dilfuza QIRG‘IZOVA,
Kosonsoy tumanidagi 41-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi