Assalom, bahor!

Erta tongdan maktabimiz hovlisi anvoyi gullaru, samoni quchib parvoz etayotgan varraklarning kamalakrang yog‘dulari bilan o‘zgacha tarovatga to‘lgan. 9 - 10 - 11-sinf o‘quvchilari­ning alohida ishtiyoq va tayyorgarlik bilan palov pishirayotganliklari ham kayfiyat bag‘ishlaydi kishiga. Qizlar anvoyi atlaslarda sochlarini o‘rib, do‘ppilarini ko‘z-ko‘zlab dilbar tarona­ga hirom etsalar, yigitlar xalq o‘yini bo‘lgan “Shugina”da yutqazmaslik uchun bor mahoratlarini ishga soladilar. Maskanimizdagi har bir o‘g‘il-qiz, ustoz-murabbiylarning ko‘zlarida shukronalik balqib turibdi. Ayniqsa, muassasamiz direktori, bolako‘ngil ayol Nigora To‘xtaboyeva­ning quvonchlari hammanikidan ham ko‘proq. Ular o‘quv­chilarning tabassumlari-yu, shodliklari bilan hamisha o‘rtoq. “Assalom bahor” shiori ostida o‘tkazilgan sayl ham ana shunday sevinch onlarini baxsh etdi bizga. Palov damlagan o‘quv­chilar “Eng mohir oshpaz”, “Eng tartibli oshpaz”, “Eng kreativ oshpaz” kai nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlan­dilar.

Abdulboqi SATTOROV,
Namangan shahridagi 3-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi