“Quvnoq startlar”

Mamlakatimizda xotin-qizlar o‘rtasida ham ommaviy sport turlarini rivojlantirish keng miqyos kasb etmoqda.
6-mart kuni Namangan shahridagi 48-umumta’lim maktabida umumta’lim muassasalaridagi o‘qituvchi xotin-qizlar hamda ayol rahbarlar o‘rtasida tashkil etilgan “Quvnoq startlar” musobaqasi shuning ifodasi sifatida o‘tdi.
Bellashuvlarning final bosqichida shahar va tumanlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 12 ta jamoa tarkibida 120 nafar o‘qituvchi va rahbar xotin-qizlar bahsga kirishdilar.
Oltita shartni qamrab olgan musobaqada hamkasblarimiz hamda rahbar ayollar sport borasida ham tengsiz ekanliklarini namoyon etdilar.
Musobaqada To‘raqo‘rg‘on tumani jamoasi g‘olib chiqib, 1-darajali diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, 2- va 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan Kosonsoy hamdaNorin tumani jamoalari ham 2- va 3-darajali diplom va sovrinlar sohibi bo‘ldilar.

Muazzam PAYZIBOYEVA,
VXTB uslubchisi