G‘OLIBLAR QIZG‘IN BAHSLARDA ANIQLANDI

Prezidentimizning 2017-yil 3-iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash, o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish va musobaqalar orqali do‘stona aloqalarni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan bahslarda viloyatning barcha shahar va tumanlaridan 10 ta terma jamoada 300 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi.
Namangan shahri, Namangan tumani, Chust, Uychi, To‘raqo‘rg‘on, Pop, Yangiqo‘rg‘on, Chust- 2 hamda Chortoq tumani terma jamoalari o‘rtasida kechgan musobaqa natijalariga ko‘ra faxrli 1-o‘rinni Namangan shahri, 2- va 3-o‘rinlarni esa, Namangan va Chust tumanlari terma jamoalari vakillari egallashdi.
G‘olib va faxrli o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar Chust tumani “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati­ning 1-, 2-, 3- darajali diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Qizlar o‘rtasidagi bahslarda esa, Chust, Chust - 2, Namangan shahri, Namangan tumani, Pop, To‘raqo‘rg‘on, Uchqo‘rg‘on va Uychi tumanlarining basketbolchi qizlaridan iborat terma jamoalar g‘oliblik uchun kurash olib bormoqdalar.

Xoliqjon DADABOYEV,
VXTB uslubchisi