Ezgulik tarannumi

Adabiyot olamiga mehr qo‘ygan har bir inson borki, fasli kelinchak bahorni ezgulik kuychisi Zulfiyaxonim tavalludi bilan birga qarshi oladi. Betakror iste’dodi bilan xalqimiz ardog‘ini qozongan vafodor ayol, mehribon ona sifatida taniganimiz Zulfiyaxonim ijodi bilan maktabimizdagi qator tadbirlar, tanlovlar orqali tanishmiz. Sinfdosh dugonalarimiz bilan juda ko‘p she’rlarini yod olganmiz ham. Kuni kecha maskanimizda o‘tkazilgan tadbir ham Zulfiyaxonim hayoti va ijodiga bag‘ishlandi. Ustozimiz Navro‘za Tursunova tashabbusi bilan tashkil etilgan adabiy kechada Zulfiya Isroilovaning bahor fasli go‘zalligini tarannum etuvchi she’rlari o‘qildi. Shundan so‘ng shoiraning hayot yo‘li, erish­gan yutuqlari haqidagi yangi ma’lumotlar aytildi. Qolaversa, adabiy kechamiz dilbar taronalar, nafis raqslar guldastasi bilan yanada o‘zgacha mazmun kasb etdi. Iste’dodli o‘quvchilar tomonidan ijro etilgan sahna ko‘rinishi ham tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirdi.

Robiya QAHRAMONOVA,
Namangan shahridagi 48-umumta’lim maktabining 4-sinf o‘quvchis